Bitta gol urish uchun Messi raqiblar darvozasi tomon nechta zarba yo‘llagan?

Bitta gol urish uchun Messi raqiblar darvozasi tomon nechta zarba yo‘llagan?
Fransiya chempionati 17-turidan o‘rin olgan \"Lans\" - PSJ bahsida 1:1 hisobi qayd etildi. Hujumchi Lionel Messi mazkur bellashuvda to‘liq harakat qildi, biroq o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.

Liga 1 doirasida Leo o‘zining yagona golini \"Nant\" darvozasiga kiritgan. U ushbu turnirda hozirga qadar 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Qayd etish lozim, Messi Fransiya chempionati doirasida o‘tkazgan uchrashuvlarida raqiblar darvozasi tomon umumiy 35 ta zarba yo‘lladi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi hisobida, shuningdek, 3 ta golli uzatma ham mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.