Ispaniya kubogi joriy mavsum g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

Ispaniya kubogi joriy mavsum g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
Ispaniya kubogi 2021/22 yilgi mavsum finalida “Betis” hamda “Valensiya” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Borxa Iglesias 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqoqada “ko‘rshapalaklar” a’zosi Ugo Duro hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda esa muvozanat o‘zgarmadi va o‘yindan keyingi futbol lotereyasida “Betis” futbolchilari omadliroq chiqib, o‘z tarixida 3-marotaba (1976/77, 2004/05, 2021/22) musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Ispaniya kubogi joriy mavsum g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
\"Betis\" – \"Valensiya\" 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0)
Gollar
: 1:0 – 11 Iglesias, 1:1 – 30 Duro.
\"Betis\" – Bravo, Belerin, Bartra, Pesselya, Moreno (Miranda, 105), Kanales (Telo, 111), Vilyam Karvalyu (Guardado, 102), Rodriges, Rodri, Xuanmi (Xoakin, 86), Fekir (Ruibal, 111), Iglesias (Villian Joze, 102).
\"Valensiya\" – Mamardashvili, Fulke (Musa, 100), Gabriel Paulista, Alderete, Diakabi, Gayya, Gilyamon (Rachich, 85), Soler, Moriba (Terri Korreyya, 79), Gedesh, Duro (Xil, 85).
Penaltilar ketma-ketligi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.
Ogohlantirishlar: Gabriel Paulista (5), Vilyam Karvalyu (14), Pesselya (72), Gilyamon (74), Alderete (90), Terri Korreyya (90), Iglesias (95), Soler (98), Telo (113).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.