"Al-Vehdat" murabbiyi: "Ushbu o‘yin biz uchun ijobiy yakunlanadi"

"Al-Vehdat" murabbiyi: "Ushbu o‘yin biz uchun ijobiy yakunlanadi"
Xabaringiz bor, ertaga Qarshining \"Nasaf\" jamoasi OCHL 6-turi doirasida \"Al-Vehdat\"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahs oldidan ikkala jamoa murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi. Marhamat, \"Al-Vehdat\" ustozi Rayed Assafning fikrlari bilan tanishing.

- Bu biz uchun muhim o‘yin. Har bir bahsda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. \"Nasaf\" Yevropa uslubida harakatlanadi. Umid qilamizki, biz muxlislarni xursand qilamiz. Ushbu guruhdan muvaffaqiyatli chiqishni istaymiz.

- Mazkur o‘yin biz uchun ijobiy yakunlanadi, deb ishonamiz. Bizda pley-offga chiqish uchun kichik imkon bor. Inshaaloh, biz bu mas’uliyatli vazifani uddalaymiz.

- Bizning jismoniy va ruhiy holatimiz avvalgidan ancha yaxshi. \"Al-Faysali\"ga qarshi o‘yinda oxirgi daqiqalarda kiritilgan gol ham bizning jismonan kuchli ekanimizni anglatadi
.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.