Facebook va Microsoft Atlantika okeani tubiga kabel yotqizib chiqadi

Facebook va Microsoft Atlantika okeani tubiga kabel yotqizib chiqadi
Facebook va Microsoft Atlantika okeani tubiga kabel yotqizib chiqadi

Facebook Inc. va Microsoft Corp. Atlantika okeani tubi bo‘ylab — Virginiya shtati qirg‘oqlaridan Ispaniyaning Bilbao shahri sohillarigacha — 6,6 ming kilometrli kabel tortib borish uchun o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu haqda «Interfaks»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Ekspertlar ta’kidlashicha, MAREA deb nom olgan ushbu loyiha yuqori texnologiyalar bo‘yicha gigantlar internet infratuzilmasi ustidan o‘z nazoratini mustahkamlash uchun intilayotganini yana bir bor ko‘rsatib beradi.

Loyiha 15 milliard dollarga baholanmoqda. Uni moliyalashtirishda, shuningdek, AT&T va Spirit telekommunikasiya guruhlari qatnashadi.

MAREA sakkiz juft toladan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni uzatish tezligi hozirgi holatda rekord darajada — soniyasiga 160 terabitgacha bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.