AQShda odamlarni boshqaruvchi shlem yaratildi

AQShda odamlarni boshqaruvchi shlem yaratildi
AQShda odamlarni boshqaruvchi shlem yaratildi

AQShlik muhandis va videobloger Allen Pen inson harakatlarini radioboshqariluvchi mashina pulti yordamida boshqaruvchi shlem yaratdi. Ushbu holat videosi Penning YouTube kanalida chop etildi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Pen shlem prototipi sifatida Marvel studiyasining komikslaridagi Professor Iksning shlemini olgan. Muhandis o‘z g‘oyasini amalga oshirishda pultdan tashqari tok cheklagichi va uning H-ko‘prigidan foydalangan.

Natijada tokni elektrodga uzatishni boshqaruvchi sxema yaratildi. Elektrodlar quloqlar yonida mahkamlanib, galvanik vestibulyar simulyasiyani bajaradi va dahliz-chig‘anoq nervining vestibulyar ildizchasiga ta’sir qiladi.

Pultdan beriladigan buyruqlar insonni uning tanasi fazoda o‘zgarayotganini his qilishga majbur qiladi. Natijada u bu muvozanatni saqlab qolish uchun tegishli harakatlar amalga bajara boshlaydi. Keyinroq shlemdagi odam operator uni yo‘naltirayotgan tomonga harakatlana boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.