Apple xodimiga o‘xshab kiyinib olgan amerikalik do‘kondan 19 ta iPhone’ni o‘g‘irlab ketdi

Apple xodimiga o‘xshab kiyinib olgan amerikalik do‘kondan 19 ta iPhone’ni o‘g‘irlab ketdi
Apple xodimiga o‘xshab kiyinib olgan amerikalik do‘kondan 19 ta iPhone’ni o‘g‘irlab ketdi

Nyu-Yorkda Apple xodimlari formasiga o‘xshash havorang ko‘ylak kiyib olgan erkak do‘kondan qariyb 20 ta smartfonni o‘g‘irlab ketdi, deb yozadi «Daryo».

Noma’lum shaxs ta’mirlash uchun mo‘ljallangan texnikalar bo‘lgan yordamchi xonaga bemalol kirib, quti ichidan bir nechta smartfon oldi. U ularni o‘z sherigiga berdi, aynan u 19 ta iPhone’ni do‘kondan chiqarib ketdi.

Ta’kidlanishicha, smartfonlarni o‘g‘irlashning bunday usuli ikkinchi marta qo‘llanilmoqda.

Ta’mir uchun mo‘ljallangan xonadagi qurilmalardan elektron yorliqlar olib qo‘yiladi, shu tufayli o‘g‘rilar hech qanday to‘siqsiz do‘kondan chiqa olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.