Dubayda mish-mishlarni tekshirish uchun WhatsApp raqami paydo bo‘ldi


Endi Dubayda yashovchi har bir odam WhatsApp messenjerida +971 50 10 777 99 raqamiga xabar yozib, mish-mishlarning rost-yolg‘onligini aniqlay oladi. Ushbu xizmatni Dubay munisipaliteti ijtimoiy tarmoqlarda turli mish-mishlarning tarqalishiga javoban taklif qilmoqda.
\"Mish-mishlar\" tovushli, matnli yoki video-xabarlar ko‘rinishida qabul qilinadi. Munisipalitet xodimlari axborotni tekshirib, 8 soat ichida javob taqdim qilishadi. \"Shampunlar va ularning sochlarga etkazadigan ziyoni, pardoz vositalarining allergiya berishi hamda restoranlardagi antisanitariya va mahsulotlarda kanserogenlarning saqlanishi haqida ko‘p mish-mish tarqaydi\", deb ma’lum qildi Dubay munisipalitetining Shikoyatlar va murojaatlar seksiyasi va aloqa markazi rahbari Muhammad Ahmad al-Luz.
WhatsApp dasturidan foydalanmaydiganlar esa mish-mishlarning rostligini munisipalitetning ijtimoiy tarmoqdagi, xususan Facebook’dagi sahifasida tekshira oladilar.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













