Microsoft Finlyandiyadagi xodimlarini sonini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Microsoft Finlyandiyadagi xodimlarini sonini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Microsoft Finlyandiyadagi xodimlarini sonini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Microsoft kompaniyasi Finlyandiyadagi xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, deb Yle nashri asosida xabar beradi “Kun”.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar may oyida boshlangandi. Finlyandiyada hammasi bo‘lib 1350 kishi qisqartiriladi.

Qisqartirishlar mamlakatda mobil telefonlar ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi bilan bog‘langan.

Kompaniyada ma’lum qilinganidek, xodimlarning bir qismi AQShning Redmondida joylashgan bosh ofisga yoki boshqa bo‘limlarga ishlashga o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

May oxirida Microsoft smartfonlar ishlab chiqarish bo‘limining faoliyatini optimallashtirib, sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida 1850 xodimini qisqartirishi ma’lum qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.