Xitoyning chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O‘zbekistonda tadqiqot markazi ochadi

Bu bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligida Shandun provinsiyasi Dechen Xalq Hukumati, Dezhou Huake Semiconductor va Bitmain Huake Semiconductor Research Institute qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar markazini tashkil etish va uning kelgusidagi faoliyati muhokama qilindi. Tomonlar loyiha doirasida memorandum imzoladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













