Xiaomi rasmiy ravishda Redmi Pro flagmanini taqdim etdi

Xiaomi rasmiy ravishda Redmi Pro flagmanini taqdim etdi
Xiaomi rasmiy ravishda Redmi Pro flagmanini taqdim etdi

Xiaomi il bor rasmiy ravishda o‘zining smartfoni bo‘lmish Redmi Pro smartfonini taqdim etdi. U ayni paytda Redmi seriyasidagi eng kuchli qurilma hisoblanmoqda. Redmi Pro to‘liq metall korpus, 2,5D shishasi bilan himoyalangan va 5,5 dyuymli OLED-displey, USB Type-C porti va barmoqlar skaneri bilan jihozlangan.

Smartfon uch varintda taqdim etiladi: byudjet versiya 10 yadroli Helio X20 prosessori, 3 GB tezkor xotira va 32 GB qo‘shimcha xotiraga, qimmat modellar esa 3 va 4 GB tezkor xotira hamda 64 va 128 GB qo‘shimcha xotiralarga ega bo‘ladi.

Redmi Pro da suratga olish uchun ikkita asosiy kameralardan foydalaniladi. Ular 13 va 5 Mp bo‘lib, sensorlidir. Old kamera esa 5 Mp. Kompaniya vakillarining xabar berishicha, ImagiQ Pro chipiga ega ikkita kamera DSLR-kamer darajasida suratga olish imkonini beradi.

Xiaomi flagmani texnologiyaning standart jamlanmalari VoLTE, 4G+, Wi-Fi, Bluetooth lar bilan jihozlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.