Facebook falastinlik jurnalistlarning profillarini bloklagani uchun tanqidga uchradi

Facebook falastinlik jurnalistlarning profillarini bloklagani uchun tanqidga uchradi
Facebook falastinlik jurnalistlarning profillarini bloklagani uchun tanqidga uchradi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i Falastinlik nashrlarda ishlaydigan jurnalistlarning profillarini bloklab qo‘ygani uchun tanqidga uchradi. Bu haqda \"Terabayt.uz\" xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoq vakillarining so‘zlariga ko‘ra, falastinlik jurnalistlarga qarashli profillar xizmatdagi qoidalar buzilganligi sababli noxos bloklangan. Biroq Falastin tomoni bunday harakat Isroilning yaqinda onlayn tajovuzlarga qarshi qilingan bayonoti bilan bog‘liq, deb hisoblamoqda.

Isroil tomoni bundan bir necha oy oldin Facebook va Twitter kabi tarmoqlarni Falastin va Isroil hududida yuz bergan betartibliklarni keltirib chiqargan tajovuzkor onlayn kontentni xizmatda joylashda ayblagan edi. Falastin tomoni esa ushbu ayblovlarni rad etib, bunday hodisalar Isroilning Falastin erlarini anneksiya qilishi natijasida sodir bo‘lganini ta’kidlagan.

Falastinlik jurnalistlarning profillari o‘tgan hafta juma kuni bloklanib, yakshanba kuni qayta tiklangan. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Facebook tarmog‘i senzura bilan aloqador ishlari sababli keskin tanqidga uchragandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.