Prisma videoni qayta ishlashni o‘rganadi

Prisma videoni qayta ishlashni o‘rganadi
Prisma videoni qayta ishlashni o‘rganadi

Rasmlarni o‘ziga xos formatga o‘zgartirish xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan Prisma ilovasiga tez orada videolarni qayta ishlash funksiyasi ham qo‘shiladi. Bu haqda \"Terabayt.uz\" xabar bergan.

Hozircha mazkur funksiya faqat ilovaning iOS versiyasida ishlamoqda va beta-sinov bosqichidan o‘tkazilmoqda. U orqali Prisma’da davomiyligi maksimum 15 soniya bo‘lgan videoroliklarni tahrirlash mumkin. Bundan tashqari, servisga tez orada GIF-animasiyalarni qayta ishlash funksiyasi ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Prisma videoni qayta ishlashni o‘rganadi

Prisma ilovasi Van Gog, Pikasso va Levitan kabi mashhur rassomlar uslubida rasmlarni qayta ishlash uchun neyrotarmoqlardan keng foydalanadi. Ilovaning iOS platformasiga mo‘ljallangan versiyasi 2016 yilning 11 iyunida chiqarilgan. Android versiyasi esa iyul oyining so‘ngida Google Play’ga joylangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.