Airspace – dronlarni ushlaydigan ovchi dron

Airspace – dronlarni ushlaydigan ovchi dron
Airspace – dronlarni ushlaydigan ovchi dron

Bugungi kunga kelib dronlar jahon bo‘ylab keng ommalashmoqda. Biroq ba’zi dron foydalanuvchilari ularni noto‘g‘ri maqsadlarda ishlatayotgani ham hech kimga sir emas. AQShning Airspace kompaniyasi mana shunday qoidabuzar uchish qurilmalarini ushlaydigan dronni namoyish etdi. Dronning nomi kompaniya nomi bilan bir xil.

Airspace adaptiv o‘rganish texnologiyalaridan foydalanganligi tufayli uning avtonom ishlash imkoniyatlarini doimiy tarzda takomillashib boradi. Bunday dron egalari atrofdagi boshqa begona dronlarni mobil ilova orqali aniqlash va Airspace’ni ularni ushlash va zararsizlantirish uchun yo‘naltirishlari mumkin. Bundan tashqari, ovchi dronning o‘zi ham avtonom ravishda begona dronlarni topishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun elektron mashina obzoridan foydalaniladi.
Airspace – dronlarni ushlaydigan ovchi dron

Hozircha modelning qachon sotuvga chiqarilishi ma’lum qilinmagan. Dron, asosan, ijtimoiy tartibni saqlash organlari, davlat va xususiy tashkilotlar uchun mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.