Alisher Usmonovning kompaniyasida faoliyatini boshlagan Boris Dobrodeev Mail.Ru bosh direktori etib tayinlandi

«VKontakte» bosh direktori bo‘lib ishlab kelgan Boris Dobrodeev Mail.Ru Group bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Mail.Ru sobiq bosh direktori Dmitriy Grishin direktorlar kengashi raisi sifatida kompaniya boshqaruvidagi ishtirokini davom ettiradi. U investisiyalar va strategiya, jumladan, xalqaro kengayish masalalari bilan shug‘ullanishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Boris Dobrodeev o‘z faoliyatini Mail.Ru Group asosiy egasi Alisher Usmonov va uning sheriklariga tegishli USM xoldingiga kiruvchi «Metalloinvest» kompaniyasida boshlagan. U 2014 yil sentyabrida «VKontakte» bosh direktori etib tayinlangandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.