Entuziast Intel Core i9-14900K va RTX 5090’ni konditsioner bilan sovutdi

Entuziast Intel Core i9-14900K va RTX 5090’ni konditsioner bilan sovutdi
Xitoylik texnobloger Electrolytic Sodium Carbonate (ESC) oʻzining noodatiy sovutish tizimini ishlab chiqdi. U shaxsiy kompyuterini Xiaomi KFR-35GW konditsioneriga (12 000 BTU) ulab, rekord darajadagi past haroratlarni qayd etdi.

Test uchun Intel Core i9-13900K va Nvidia GeForce RTX 4090’dan iborat tizim ishlatildi. Ammo blogerning fikricha, bu sovutish usuli Intel Core i9-14900K va Nvidia RTX 5090 kabi yanada kuchli qurilmalar uchun ham mukammal boʻladi. U hozirda yangi RTX 5090 uchun mos keladigan suv bloki chiqishini kutmoqda.

Bunday sovutish tizimini yaratish uchun konditsioner sezilarli darajada modifikatsiya qilindi. Qurilmaning oʻlchami 765 × 268 × 550 mm boʻlib, samaradorligi yuqori ekanligi isbotlandi. FurMark va AIDA System Stability Test kabi stress-testlar yordamida 40 daqiqalik yuklamadan soʻng, protsessor yadrolari dastlabki haroratidan atigi bir necha daraja issiqroq boʻldi.
Entuziast Intel Core i9-14900K va RTX 5090’ni konditsioner bilan sovutdi
Keyinchalik konditsioner tashqariga olib chiqildi. GPU harorati dastlab atigi 2 °C boʻldi, yuklama paytida esa 12 °C gacha koʻtarildi. Qayta oʻtkazilgan testlarda esa maksimal harorat 20–36 °C oraligʻida boʻldi.

Loyihani ishlab chiqqan bloger bu sovutish tizimi kelajakdagi Nvidia RTX 6090 uchun ham mos kelishini ta'kidlamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.