Xitoyda dunyodagi eng katta jangovar dron ko‘rsatildi

Xitoyda dunyodagi eng katta jangovar dron ko‘rsatildi
Xitoyda dunyodagi eng katta jangovar dron ko‘rsatildi

Caihong 5 nomli uchuvchisiz apparat bugun, ya’ni 2 noyabr kuni namoyish etildi. Apparat Xitoyning Chjuxay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro aviasion-aerokosmik ko‘rgazma doirasida taqdim etildi. Dronlar orasida faoliyat radiusi eng kattasi shu hisoblanadi.

Osmon osti mamlakatining ulkan dronini China Aerospace Science and Technology Corporation shirkati ishlab chiqargan. Dronning qanotlari 21 metrligi kishini hayratga soladi. Caihong 5 havoda (10 km balandlikda) 60 soatgacha ishlashi mumkin. Apparatga 24tagacha raketa joylashadi.

Aytib o‘tish kerakki, 1999 yildan beri China Aerospace Science and Technology Corporation Xitoy armiyasiga harbiy aslahalar tayyorlab beruvchi asosiy kompaniyadir. Kompaniya mutaxassislari kosmik apparatlar, raketa tashuvchilar, strategik va taktik raketa tizimlari va erdagi qurilmalar yasash ustida ishlaydi. Bundan tashqari CASC mashinasozlik, kimyoviy sanoat, aloqa, transport jihozlari, kompyuterlar, atrof-muhit muhofazasi anjomlari tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.