Shanxayda Rossiya va Xitoyning keng fyuzelyajli samolyoti yig‘iladi


Sinxua agentligi Xitoyning fuqaro samolyotsozligi Korporasiyasi (COMAC) ma’lumotiga asoslanib sarlavhadagi xabarni tarqatdi.
Rossiyaning birlashgan aviasozlik korporasiyasi va COMAC shu yilning iyun oyida keng fyuzelyajli samolyot yasashga kelishgan edi. Samolyotning uchish uzoqligi 12 ming km bo‘lib, 280tacha o‘rindiq bo‘ladi. COMAC ma’lumotiga ko‘ra, loyihaning boshidan samolyotni uchirgunga qadar etti yil o‘tadi. Avialaynerni buyutmachiga topshirish yana uch yilni talab qiladi.
Hozir kompaniyani qayddan o‘tkazish uchun ruxsatnomalar olinmoqda. Kelgusi yilning oxiridan ish boshlanishi mumkin.
Yangi korxona ikki tomonning ham bozorida sezilarli vaznga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Airbus va Boeing kompaniyalariga yangi raqobatchi paydo bo‘layotganini aytib o‘tish kerak.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













