Microsoft Selfie ilovavining Android versiyasi yaratildi

Microsoft Selfie ilovavining Android versiyasi yaratildi
Microsoft Selfie ilovavining Android versiyasi yaratildi

Ora-orada Microsoft kompaniyasi uning faoliyati bilan unchalik ham bog‘liq bo‘lmagan ilovalarni chiqarib turadi. Shulardan biri selfi rasmlar olishga mo‘ljallangan Microsoft Selfie ilovasi bo‘lib, uning iOS versiyasi o‘tgan yilning oxirlarida yaratilgan edi. Yaqinda esa mazkur ilovaning Android versiyasi ham Google Play resursiga yuklandi.
Microsoft Selfie ilovavining Android versiyasi yaratildi

Microsoft Selfie foydalanuvchining yoshi, jinsi va terisi rangini avtomatik ravishda aniqlaydi va shular asosida yorqinlik va boshqa parametrlarni selfining sifatini oshirish uchun optimallashtiradi. Aslini olganda, ilova ranglarni o‘zgartiradi, suratdagi shovqinlarni kamaytiradi va xiralashtirish orqali teri rangini yaxshilaydi.

Ilovaning hajmi deyarli 68 MB, uni Google Play resursidan yuklab olsangiz bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.