UZREPORT TV telekanali Ispaniya chempionatini translyasiya qilish huquqini xarid qildi


Millionlab o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, UZREPORT TV telekanali Ispaniya chempionati o‘yinlarining O‘zbekiston hududi bo‘ylab translyasiya huquqini xarid qildi. Bu haqda UZ24 ma’lum qildi.
Ispaniya chempionatida dunyodagi eng ko‘p muxlislarga ega bo‘lgan \"Barselona\" va \"Real\" kabi klublar ham ishtirok etadi.
UZREPORT TV telekanali La liga o‘yinlarini O‘zbekiston hududida lisenzion tarzda namoyish qiluvchi yagona telekanal bo‘lib, futbol muxlislarimiz O‘zbekiston televideniesi tarixida ilk marta Ispaniya chempionati o‘yinlarining lisenzion translyasiyasini UZREPORT TV telekanali orqali ikki audioyo‘lakchada - parallel o‘zbek va rus tillaridagi sharhda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tez kunlarda har shanba, yakshanba kunlari UZREPORT TV telekanali La liganing qolgan 25ta turidan o‘rin olgan qiziqarli bahslarni \"jonli\" tarzda namoyish qilishni boshlaydi. Ayni paytda Ispaniya chempionati o‘yinlari translyasiyasini amalga oshirish bo‘yicha texnik sozlash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













