WhatsApp web-versiyasiga qo‘ng‘iroq funksiyasini qo'shmoqda

WhatsApp messenjerining web-versiyasida audio va video qo‘ng‘iroq funksiyasi paydo bo‘ladi, deb WABetaInfo xabar berdi.
Ba’zi foydalanuvchilar chat oynasida ovozli va video qo‘ng‘iroq tugmalarini ko‘rishgan, ammo hozircha bu tugmalar faol emas – test rejimida.
“WhatsApp bir necha yillardan buyon asosan mobil va desktop ilovalardagi qo‘ng‘iroq funksiyalarini rivojlantirishga urg‘u bergan edi. Endi e’tibor web-versiyaga qaratilmoqda”, – deyiladi manbada.
Hozirgi kunda WhatsApp orqali faqat mobil ilova yoki Windows/macOS dasturi orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ba’zi foydalanuvchilar chat oynasida ovozli va video qo‘ng‘iroq tugmalarini ko‘rishgan, ammo hozircha bu tugmalar faol emas – test rejimida.
“WhatsApp bir necha yillardan buyon asosan mobil va desktop ilovalardagi qo‘ng‘iroq funksiyalarini rivojlantirishga urg‘u bergan edi. Endi e’tibor web-versiyaga qaratilmoqda”, – deyiladi manbada.
Hozirgi kunda WhatsApp orqali faqat mobil ilova yoki Windows/macOS dasturi orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













