Spotify ilk bor oilaviy tarifga audiokitob qo‘shdi

Spotify ilk bor oilaviy tarifga audiokitob qo‘shdi
TechCrunch’ga ko‘ra, Spotify ilk bor o‘zining Family Plan (oilaviy tarif) foydalanuvchilari uchun audiokitob tinglash imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi.

Ilgari faqat Premium Individual va Duo rejalaridagi foydalanuvchilar har oy 15 soatgacha audiokitob tinglash huquqiga ega bo‘lgan. Endilikda bu imkoniyat Family Plan’dagilarga ham taqdim etilmoqda, bu esa 6 nafargacha oila a’zolariga bir vaqtning o‘zida audiokitobdan foydalanishga imkon beradi.

Spotify bu orqali o‘zini faqat musiqa yoki podkast emas, balki audiokitob platformasi sifatida ham mustahkamlashni maqsad qilgan. Ushbu yangilik, ayniqsa, Amazon’ning Audible xizmatiga raqobat sifatida baholanmoqda.

Yangi xizmat hozircha AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanadada ishga tushdi. Tez orada boshqa mamlakatlarga ham kengaytirilishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.