Samarqandlik yigit sun’iy idrokli televizor yaratdi

Samarqandlik yigit sun’iy idrokli televizor yaratdi

Samarqandlik yosh yigit tomonidan sun’iy intellekt bilan jihozlangan zamonaviy televizor ishlab chiqarilmoqda. \"2:32\" deb nomlangan ushbu televizor foydalanuvchining odatlarini o‘rganib, kontentni avtomatik tanlash va tavsiya qilish imkoniyatiga ega.

Yosh ixtirochi ushbu loyihasini amalga oshirishda \"Aloqabank\" tomonidan moliyaviy yordam olgan. Ayni paytda televizorning dastlabki namunalari tayyorlangan va sinovdan o‘tkazilmoqda.

Mutaxassislar bu qurilmani mahalliy texnologik salohiyatning yorqin namunasi sifatida baholamoqda. Yangi avlod yoshlari innovatsion g‘oyalar va zamonaviy yechimlar orqali o‘z yo‘lini topayotgani quvonarli holat.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.