Instagram'da o‘smirlar xavfsizligi

Instagram'da o‘smirlar xavfsizligi

Instagram'da o‘smirlar xavfsizligi
Meta Instagram\'da 18 yoshgacha foydalanuvchilar uchun PG-13 filmlarga o‘xshash filtrlar joriy qildi. Endi ular og‘ir so‘zlar, xavfli harakatlar yoki kattalar uchun mo‘ljallangan postlarni ko‘ra olmaydi.

Yangi qoidalar sun’iy intellekt vositalariga ham taalluqli. O‘smirlar avtomatik PG-13 sozlamalari bilan himoyalanadi, ota-onalar esa nazoratni kuchaytirishi mumkin.

Meta avval ham o‘smirlarni himoya qiluvchi choralarni kuchaytirgan, jumladan o‘zini o‘ldirish mavzularini cheklash.

Yangi sozlamalar AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanadada joriy etiladi va yil oxirigacha butun dunyoda ishga tushiriladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.