Xitoy 2020 yilda Marsga birinchi zondni yuborishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi

Xitoy 2020 yilda Marsga birinchi zondni yuborishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi
Xitoy 2020 yilda Marsga birinchi zondni yuborishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi

Xitoy 2020 yilda Mars orbitasiga birinchi zondni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning joriy yilda koinotdagi faoliyatiga bag‘ishlangan hisobotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Daryo».

«Xitoy Marsni tadqiq etish bo‘yicha birinchi missiyani amalga oshirish, shuningdek, sayyora orbitasiga chiqish, qo‘nish va yuzasini o‘rganish bo‘yicha texnologiyalarni egallash niyatida», — deyiladi hujjatda.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Erga Mars va asteroidlar tuprog‘idan namunalar olib kelish, Yupiterni o‘rganishni ham maqsad qilib qo‘yilgan. Shuningdek, koinotni o‘zlashtirish dasturi doirasida yaqin 5 yil mobaynida og‘ir raketalar uchirilishini ko‘paytirish mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.