Oculus nigohni kuzatuvchi texnologiya yaratayotgan The Eye Tribe startapini sotib oldi

Oculus nigohni kuzatuvchi texnologiya yaratayotgan The Eye Tribe startapini sotib oldi
Oculus nigohni kuzatuvchi texnologiya yaratayotgan The Eye Tribe startapini sotib oldi

Facebook tarkibiga kiruvchi Oculus kompaniyasi ko‘z nigohnini kuzatadigan texnologiyani ishlab chiqayotgan The Eye Tribe startapini o‘z tasarrufiga o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

Bunday texnologiyadan Oculus yangi avloddagi virtuallik reallik garnituralarida foydalanishi taxmin qilinmoqda. The Eye Tribe startapiga tegishli nigohni kuzatadigan funksiyalar kelajakda kompyuterga ulanmasdan ishlaydigan VR garnituralarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, virtual reallik gadjetlarining ommalashuviga xizmat qiladi.

Hozircha kelishuvning qiymati ma’lum qilinmagan. Biroq shu narsa aniqki, Facebook uchun startapni harid qilish qimmatga tushmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.