Panasonic yuqori kadr chastotasiga ega yangi kamerani tayyorlamoqda

Panasonic yuqori kadr chastotasiga ega yangi kamerani tayyorlamoqda
Panasonic yuqori kadr chastotasiga ega yangi kamerani tayyorlamoqda

43 Rumors sayti tez orada taqdimoti kutilayotgan Panasonic firmasining Lumix DMC-GH5 kamerasiga tegishli ba’zi suratlarni e’lon qildi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, ushbu kamera 180 k/s chastotada 4K videolarni tasvirga tushirish imkoniyatini beradi. Bu esa videodagi harakatni sekinlashtirishga ximat qiladi. Biroq hozircha kamera sensorining aniqlik formati oshkor etilmagan. Ammo yangi model o‘tmishdoshi Lumix DMC-GH4 kamerasiga nisbatan yuqori fokuslash nuqtalariga bilan farqlanishi aytilmoqda (225 ta).

Kameradan -10 gradus sovuqda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Panasonic Lumix DMC-GH5 kamerasi 4 yanvarda namoyish etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.