Amerikalik aloqa operatori birinchi iPhone'ni asosiy funksiyalardan mahrum qiladi


Amerikaning AT&T operatori foydalanuvchilarni 2G-tarmoqlar o‘chirilishidan ogohlantirdi. Bu iPhone\'ning birinchi avlodi kabi qurilmalarning asosiy funksionalini qo‘llab-quvvatlash poyoniga etganini bildiradi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Shunday qilib, bundan buyon eskirgan mobil devayslar orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va SMS-xabar yo‘llash imkoni bo‘lmaydi.
Telekom-gigant asosiy e’tiborini LTE-tarmoqlar va 5G nomini olishi kutilayotgan hamda 2020 yilda bozorda paydo bo‘ladigan kelajak standartini rivojlantirishga qaratmoqchi. AT&T\'ning tashabbusini AQSh va Evropadagi bir necha operatorlar qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
2G-tarmoq 1991 yilda paydo bo‘lgan va u GSM raqamli mobil standarti hisoblanadi. Simsiz aloqaning ikkinchi avlodi shifrlangan qo‘ng‘iroqlardan tashqari SMS-xabar yo‘llash imkoniga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













