Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarmoqchi

Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarmoqchi
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarmoqchi

Apple vakillari Hindiston hukumati bilan Bangalor shahrida iPhone ishlab chiqarishni boshlash masalasini muhokama qildi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Hindiston savdo vaziri uchrashuv tashkil etilganini tasdiqladi, biroq uning tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Apple vakillari Hindiston ma’muriyati bilan mavjud konstruktiv muloqotni qadrlanishini ma’lum qildi.

Apple’ning bu muzokaralari AQSh prezidenti Donald Tramp kompaniyalarni ishlab chiqarishni Amerika hududiga ko‘chirishga chaqirayotgan bir vaqtda bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Tramp Ford, General Motors va Fiat Chrysler konsernlari rahbarlari bilan uchrashgan va AQShda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun soliqni kamaytirishga va’da bergan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.