iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped tayyorlashni boshlaydi

iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped tayyorlashni boshlaydi
iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped tayyorlashni boshlaydi

Xitoyda velosipedlar ijarasi bilan shug‘ullanadigan Mobike startapi uchun iPhone ishlab chiqaruvchi Foxconn kompaniyasi velosipedlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Buning natijasida Mobike bir yilda 10 mln velosipedni foydalanishga topshirishga muvaffaq bo‘ladi. Ushbu miqdorning 5,6 millioni Foxconn fabrikalarida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, tayvanlik mazkur gigant velosipedlarning dizaynini yaratishda ham qatnashadi. Mobike velosipedlarning ma’lum qismini Singapurga eksport qilishni rejalashtirgan.

2015 yilda asos solingan Mobike startapi velosipedlarni qulay usulda ijaraga berish bilan daromad ko‘radi. Ijarachi smartfon orqali bo‘sh velosipedni qulfdan chiqarib, ijarani rasmiylashtirishi mumkin. Mazkur servis Xitoyda yaxshi ommalashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.