Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish
Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

Smartfon «og‘irlashib», chala ishlab, orada o‘chib qolib… xullas, ishkal qilib yurgan bo‘lsa, uning sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu bilan undagi muammolarning 90 foizi hal bo‘ladi, deb yozadi Terbayt.uz sayti.

Xo‘sh, Android tizimli qurilmalarning sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish qanday amalga oshiriladi?

Buning uchun avvalo uning sozlamalari – «Nastroyki»ni ochamiz.
Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

U erdan «Rezervnoe kopirovanie i sbros»ni tanlaymiz, bu bo‘limda qurilma sozlamalarining zaxira nusxasini yaratish va ularni dastlabki holatiga qaytarish funksiyalari mavjud.
Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

Shu erdan «Sbros nastroek»ni tanlaymiz.
Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

Ko‘rib turganingizdek, bu erda boshqa funksiyalar ham bor, biz faqat «Sbrosit nastroyki»ni bosamiz. Qurilmangiz o‘chib-yonadi va sozlamalari xuddi zavoddan yangi chiqqan paytidagidek bo‘lib qoladi.
Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

Diqqat! Sozlamalarni ilk holatiga qaytarishdan oldin, ularni Google akkauntingiz orqali sinxronizasiya qilib qo‘ying. Keyin esa, sozlamalari yap-yangidek bo‘lib qolgan qurilmangizga o‘sha akkauntingizni kiritib, yana sinxronlashingiz mumkin.

Shuningdek, bu jarayonni boshlashdan avval, har ehtimolga qarshi, uning doimiy xotirasidagi barcha fayllaringizni kompyuterga ko‘chirib olib qo‘yish ham zarar qilmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.