TATUda shaxsni aniqlash tizimi yaratildi

TATUda shaxsni aniqlash tizimi yaratildi
TATUda shaxsni aniqlash tizimi yaratildi

VIII Respubika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan «Foto yoki videooqimdagi shaxsni tanish va aniqlash axborot-qidiruv tizimlarining qurilishi uslubining ishlanmasi» taqdim etiladi. Bu haqda «Telegraf.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Ushbu loyiha TATUning «Axborot xavfsizligi» kafedrasida ishlab chiqilgan bo‘lib, binoga kirish va undan chiqishda odamlar oqimlarini kuzatish maqsadida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va undan foydalanishni nazarda tutadi.

Loyihaning amalga oshirilishi tashkilotlar va korxonalardagi odamlar, jumladan, xodimlar va notanish shaxslarni kuzatish va ularning shaxsini aniqlash imkonini beradi. Hozirda dasturning sinov versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, aniqlash mexanizmining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yarmarka «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra qator stendlarda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarga oid korxonalar taqdim etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.