LG o‘zining mobil to‘lov tizimini yaratmoqda

LG o‘zining mobil to‘lov tizimini yaratmoqda
Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi LG Pay nomli o‘zining shaxsiy mobil to‘lov tizimini yaratmoqda. Kun.uz\'ning yozishicha, Amerikaning Dynamics firmasi bilan tegishli kelishuvga erishilgan.

\"Kelishuvga ko‘ra, LG Dynamics tomonidan ishlab chiqilgan simsiz magnitli texnologiyani qo‘llaydi. To‘lov tizimini 2017 yilning iyunida ishga tushirish rejalashtirilmoqda\", - deya ta’kidlaydi agentlik.

Texnologiya smartfonni bank kartasi ma’lumotini o‘qiy oladigan oddiy qurilmaga tegishi orqali xaridlar uchun pul to‘lash imkonini beradi. Hozirda mamlakatda shunga o‘xshash to‘lov tizimi bor, bu - Samsung Pay.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.