OpenAI yangilangan GPT-5.3 Instant modelini taqdim etdi

OpenAI yangilangan GPT-5.3 Instant modelini taqdim etdi

OpenAI seshanba kuni ChatGPTʼning eng ko\'p ishlatiladigan modeli uchun GPT-5.3 Instant yangilanishini e\'lon qildi. Kompaniyaning ta\'kidlashicha, ushbu model muloqotdagi «noqulaylik» (cringe) holatlarini kamaytiradi, qidiruv natijalariga ko\'proq kontekst qo\'shadi va tilni qayta ishlash imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Yangilangan model aniqroq javoblar beradi, veb-qidiruvda boyitilgan natijalarni taqdim etadi hamda suhbat oqimiga xalaqit beradigan ortiqcha cheklovlar va keskin iboralarni kamaytiradi. OpenAI vakillarining so\'zlariga ko\'ra, asosiy e\'tibor foydalanuvchilar har kuni duch keladigan jihatlarga — muloqot ohangi, ma\'lumotlarning dolzarbligi va suhbatning tabiiyligiga qaratilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.