Yagona portalda Toshkentda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza berish xizmati ochildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Toshkentda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza berish xizmati ochildi. Bu haqda portalning o‘zida ma’lum qilingan, deb yozadi Daryo.uz.
Toshkent shahar hokimiyatining yangi xizmati ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish imkonini beradi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati — 15 kun.
Barcha zarur hujjatlar Yagona portal orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish natijasi ommaviy tadbirni o‘tkazishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













