Tim Kuk Apple rahbarligidan ketishini rasman maʼlum qildi

Tim Kuk Apple kompaniyasi bosh ijrochi direktori (CEO) lavozimini rasman tark etishi haqida maʼlumot berildi.
Uning oʻrniga kompaniyaning apparat taʼminoti yoʻnalishi boʻyicha vitse-prezidenti Jon Ternus tayinlanishi rejalashtirilgan.
Tim Kuk esa kompaniya tarkibida qolib, direktorlar kengashining ijrochi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Bu qaror Apple’da uzoq muddatli rahbarlikni almashtirish strategiyasi doirasida qabul qilingan boʻlib, yangi oʻzgarishlar 2026 yil 1 sentyabrdan amalga kiritiladi.
Tim Kuk 2011 yildan buyon Apple’ni boshqarib kelgan va uning rahbarligi davrida kompaniya qiymati 4 trillion dollargacha oʻsgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













