YouTube interfeysidagi xatolik sababli bitta sahifa 7 GB xotira sarflamoqda

YouTube interfeysidagi xatolik sababli bitta sahifa 7 GB xotira sarflamoqda

Firefox, Brave va Microsoft Edge foydalanuvchilari YouTube platformasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Videolar qotib qolishi va brauzer bitta oyna uchun 7 gigabaytgacha tezkor xotira sarflashi kuzatildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Dastlab bu holat reklama blokerlariga qarshi kurash bilan bog'langan edi. Biroq muammo turli platformalarda ham qayd etildi.

Bugzilla Mozilla ma'lumotlariga ko'ra, xatolik video ostidagi tugmalar mantiqida yashiringan.

Tizim "Yoqdi", "Ulashish" kabi tugmalarning ekranga sig'ishini tekshiradi. Joy yetishmasa, bitta tugma yashiriladi.

Shundan so'ng konteyner o'lchami o'zgarib, tugma yana paydo bo'ladi va bu jarayon cheksiz takrorlanadi.

Aynan shu cheksiz hisob-kitoblar protsessor va xotiraga yuqori yuklama beradi. Hozirda Mozilla dasturchilari muammoni o'rganmoqda, ammo Google va YouTube hozircha rasmiy izoh bermadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.