Spotify eng sodiq muxlislar uchun konsert chiptalarini band qiladi

Spotify eng sodiq muxlislar uchun konsert chiptalarini band qiladi

Spotify platformasi foydalanuvchilarning faolligini oshirish maqsadida yangi funksiyani ishga tushirmoqda. Endilikda biror ijrochining eng ashaddiy muxlislari uning navbatdagi shousi uchun chiptalarni birinchilardan boʻlib band qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Kompaniya bu orqali foydalanuvchilarni koʻproq striming qilishga va platformada faolroq boʻlishga undamoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Spotify "haqiqiy muxlis" tushunchasi uchun aniq mezonlarni ochiqlamagan boʻlsa-da, bunda qoʻshiqlarni eshitish soni, ularni ulashish va boshqa faollik signallaridan foydalanishini bildirdi. Shu bilan birga, platforma botlar yoki sunʼiy intellekt (AI) yordamida statistikani soxtalashtirishga urinishlarni qatʼiy nazorat qilib boradi. Kompaniya blogida taʼkidlanishicha, takliflar cheklangan boʻlib, bu chiptalarning chayqovchilar qoʻliga tushib ketishining oldini oladi.

Saralab olingan muxlislar elektron pochta va ilova ichidagi bildirishnoma orqali ikki dona chipta sotib olish imkoniyati haqida xabar topadilar. Hozircha ushbu dastur AQSHdagi 18 yoshdan oshgan foydalanuvchilar uchun amal qiladi va ularga chipta xarid qilish uchun taxminan bir kunlik maxsus vaqt beriladi. Spotify chiptalarni bevosita sotmaydi, balki hamkor saytlar orqali xarid qilish jarayonini osonlashtiradi.

Ushbu loyiha joriy yoz mavsumidan boshlab ayrim tanlangan sanʼatkorlarning yangi eʼlon qilingan turlari doirasida yoʻlga qoʻyiladi. Kelgusida dastur koʻlamini kengaytirish rejalashtirilgan. Maʼlumot uchun, Spotify oʻtgan yili jonli tadbirlarni izlash, maʼlum bir manzillarni kuzatish va yaqin atrofdagi konsertlarni pleylistlar orqali topish kabi bir qator qulayliklarni joriy qilgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.