NASA SpaceX bilan shartnomani kengaytirmoqda: yana 6 ta missiya qoʻshildi

NASA SpaceX bilan shartnomani kengaytirmoqda: yana 6 ta missiya qoʻshildi

NASA agentligi Xalqaro koinot stansiyasiga (XKS) astronavtlarni yetkazib berish boʻyicha SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu qaror Boeing kompaniyasining CST-100 Starliner dasturi bilan bogʻliq davomiy muammolar va kechikishlar fonida qabul qilindi. Yangi kelishuvga koʻra, Crew Dragon kemasi uchun yana 6 ta qoʻshimcha parvoz buyurtma qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozirda SpaceX NASA uchun yagona ishonchli hamkor boʻlib qolmoqda. Avvalroq, 2022-yilda shartnoma Crew-14 missiyasigacha uzaytirilgan edi. Yangi qoʻshimcha missiyalar esa SpaceX kompaniyasiga 2030-yilgacha, yaʼni XKS oʻz faoliyatini yakunlaguniga qadar astronavtlarni koinotga tashish imkonini beradi. NASA Boeing loyihasidagi noaniqliklar tufayli zaxira rejasiga ega boʻlishni maqsad qilgan.

Boeing Starliner kemasi bilan bogʻliq texnik nosozliklar bir necha yildan beri davom etmoqda. Kema hali ham toʻliq sertifikatlashdan oʻtmagan va uning ilk ekspluatatsion parvozi NASAning yangilangan jadvalidan chiqarib tashlangan. Shu sababli, agentlik Starliner missiyalari sonini 6 tadan 4 taga qisqartirishga majbur boʻldi va asosiy eʼtiborni yana SpaceX texnologiyalariga qaratdi.

Shuningdek, NASA astronavtlarning stansiyada qolish muddatini 6 oydan 8 oyga uzaytirish gʻoyasidan voz kechdi. Standart yarim yillik rotatsiya tartibi saqlab qolinadi. SpaceX tomonidan amalga oshiriladigan qoʻshimcha 6 ta missiya stansiyaning soʻnggi yillarida barqaror ish faoliyatini taʼminlash uchun yetarli boʻlishi hisob-kitob qilingan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.