RJD «Kutish varagʻi 2.0» xizmatini ishga tushiradi

«PRO//Dvijeniye. Yoʻlovchi yili» konferensiyasi doirasida RJD vakillari yaqin kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Asosiy yangiliklardan biri yil yakuniga qadar «Kutish varagʻi 2.0» xizmatining ishga tushirilishi boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi talqinning birinchi versiyadan asosiy farqi shundaki, endilikda yoʻlovchilar Rossiya Ijtimoiy jamgʻarmasining elektron talonlari orqali chiptalarni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun jarayonni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Shuningdek, tizim funksionali kengaytirilib, yoʻlovchilarga bir vaqtning oʻzida bir nechta poyezdlar uchun ariza qoldirish imkoniyati beriladi. Avvalroq shakllantirilgan soʻrovlarni tahrirlash funksiyasi ham qoʻshilishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, RJD uzoq masofaga qatnovchi poyezdlar uchun «Kutish varagʻi» xizmatini 2024-yilning yozida joriy qilgan edi. 2025-yil yoziga kelib esa kutish varagʻidagi chiptalarni avtomatik tarzda sotib olish funksiyasi yoʻlga qoʻyilgan.













