Aeroflot ilk bor Rossiyada Boeing 777 samolyotini qayta boʻyadi

Aeroflot ilk bor Rossiyada Boeing 777 samolyotini qayta boʻyadi

«Aeroflot» aviakompaniyasi ilk bor keng fyuzelyajli Boeing 777-300ER samolyotini Rossiyadagi mahalliy korxona bazasida qayta boʻyadi. Mazkur ishlar Ulyanovskdagi «Spektr Avia» kompaniyasi bazasida amalga oshirildi va jami 17 kun davom etdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatining rasmiy Telegram-kanali xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya mutaxassislarining tushuntirishicha, lak-boʻyoq qoplamasini yangilash samolyotning tashqi koʻrinishini saqlash hamda harorat oʻzgarishi, yogʻingarchilik va turli reagentlar kabi noqulay iqlim sharoitlaridan himoya qilish uchun zarurdir. Odatda havo kemalarini qayta boʻyash har 6–10 yilda bir marta amalga oshiriladi.

Jarayon davomida eski qoplama toʻliq olib tashlanadi, korroziyaga qarshi inspeksiya oʻtkaziladi, soʻngra yangi grunt va boʻyoq qatlami surtiladi. Ishlar yakunlangach, samolyotning yangilangan massasi va markazlashuvini hisoblash uchun u qayta tortib koʻriladi. Buning uchun laynerdan yoqilgʻi va suv toʻkib tashlanadi, bort jurnallari, yoʻriqnomalar va maishiy anjomlar olib chiqiladi.

2023-yildan buyon «Aeroflot» jami 31 ta havo kemasini qayta boʻyadi, ulardan 11 tasi joriy yil hisobiga toʻgʻri keladi. Boʻyash ishlarining asosiy qismi «Spektr Avia» bazasida bajarilgan boʻlsa, bir nechta laynerlarning livreyasi Minskdagi 407-sonli zavodda yangilangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.