Internetda iPhone 6S smartfonining suratlari chop etildi


9to5Mac internet-resursi 2015 yilning kuzida sotuvga chiqarilishi mumkin bo‘lgan iPhone 6S smartfonining tasvirlarini chop etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Suratlarni chop etgan resurning bosh muharriri Mark Gurman smartfonning orqa qopqog‘ining ichki tomoni o‘zgarishlarga uchraganini aytdi. Jumladan, Apple smartfonga yangi bosh plata o‘rnatadi.

Qurilma tashqi tomondan avvalgi yildagi modelning ko‘rinishi kabi qolgan. Apple Home tugmasidan voz kechishi haqidagi gaplarga qaramasdan, iPhone 6S korpusidagi boshqarish elementlari, kamera, mikrofonlar va raz’yomlar uchun mo‘ljallangan barcha o‘yiqlar o‘z joyida qoldirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













