Beeline Surxondaryoda yangi baza stansiyalarini o‘rnatdi

Beeline Surxondaryoda yangi baza stansiyalarini o‘rnatdi
Beeline Surxondaryo viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Termiz shahrida, shuningdek Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Shurchi tumanlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Ahmedov shunday dedi: “Nafaqat hududda, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab aloqaning yuqori sifatini ta’minlagan va kompaniya rivojlanishining yangi istiqbollarini ochgan holda tarmoqni rivojlantirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda”.

Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Bog‘ishamol, Sobir Rahimov, Taraqqiyot va Kitob ko‘chalarida signal sifati yaxshilandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.