Google'da bo‘sh ish o‘rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi

Google'da bo‘sh ish o‘rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Google kompaniyasi qidiruv satriga kerakli vakansiya nomini yozib, bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash funksiyasini joriy qildi. So‘rov berilgandan so‘ng qidiruv xizmati LinkedIn, Facebook, Monster, CareerBuilder, WayUp va DirectEmployers kabi taniqli maydonlardan foydalanuvchi uchun ish izlashga tushadi.

Yangi servis hozircha faqat AQSh hududida ishlamoqda, biroq Google xodimlari qidiruv ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirishgan. Shuningdek korporasiyada qidiruv xizmati rekruting agentliklari bilan raqobatga kirishmoqchi emasligi, aksincha ish beruvchilarga qidiruv xizmatida to‘g‘ridan to‘g‘ri vakansiyalarni taklif qilishga imkon yaratayotgani ta’kidlangan.

Vakansiyalar qidiruv xizmatiga e’lon berish sanasiga qarab qo‘shib boriladi, tizim turkumlar, bandlik turi va mutaxassisliklar bo‘yicha filtrlar bilan ishlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.