Rossiyalik fotograf Instagram’dan grant oldi


Pskovlik suratkash Dmitriy Markov Instagram ijtimoiy tarmog‘i va Getty Images fotoagentligidan 10 ming dollar miqdorida grant yutib oldi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Ikki yil muqaddam men o‘zim uchun akkaunt ochgan edim, ammo bu mening eng sevimli loyihalarimdan biriga aylanishini o‘ylab ham ko‘rmagan edim. Akkauntimni kuzatib borganlarga minnatdorchilik bildiraman, bu menga motivasiya bo‘lib xizmat qiladi. Hozir bu motivasiyaga Getti va Instagramning qo‘llab-quvvatlashi ham qo‘shildi. Bu imkoniyat uchun tashakkur”, - deb yozdi ijodkor o‘z sahifasida.
Aytilishicha, fotograf bu pullarni Rossiyadagi etim bolalar muammolarini yoritishga sarflamoqchi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













