Xakerlar mashhurlarning Instagram-sahifalarini buzib kirishdi

Xakerlar mashhurlarning Instagram-sahifalarini buzib kirishdi
Noma’lum shaxslar Instagram’dagi kamchilikdan foydalanib, taniqli shaxslarning telefon raqamlari va elektron manzillarini o‘g‘irlashdi. Bu haqda «The Verge»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Buzib kirish qurbonlariga servis tomonidan maxsus belgi berilgan, ya’ni nikneymi yonida moviy rangdagi belgi bo‘lgan sahifalar aylandi. Odatda bunday belgilar mashhur shaxslarga beriladi.

Instagram barcha jabrlangan foydalanuvchilarni buzib kirish holati haqida ogohlantirib, bunga sahifalarning maxfiy so‘zlari aloqador bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq spam-bot 700 mln elektron manzil va maxfiy so‘zlarni tarmoqqa joylashtirgani xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.