Facebook profilni yuz tanish orqali qayta tiklash funksiyasini sinovdan o‘tkaza boshladi

Facebook profilni yuz tanish orqali qayta tiklash funksiyasini sinovdan o‘tkaza boshladi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i profilni yuz tanish orqali qayta tiklash funksiyasini sinovdan o‘tkaza boshladi. Bu haqda, TJournal nashriga asoslanib, Daryo xabar bermoqda.

Kompaniya vakillari qo‘shimcha funksiya faqat ijtimoiy tarmoqqa kirish uchun bunga qadar ishlatilgan uskunalar orqali ochilishini ma’lum qildi.

Aytilishicha, bu ikki omilli autentifikatsiya qatorida xavfsizlikni ta’minlash sari navbatdagi qadam bo‘ladi. Ayrim holatlarda Facebook akkauntini tiklashda ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarning suratlarini tanish ham so‘ralishi mumkin.

Sinovlar haqida birinchi bo‘lib bilgan The Next Web jurnalisti uning skrinshotini chop etdi.
Facebook profilni yuz tanish orqali qayta tiklash funksiyasini sinovdan o‘tkaza boshladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.