Britaniyaning sobiq vaziri Wi-Fi va 4G’dan gadjetlarni quvvatlantirish uchun energiya “so‘rib olish” yo‘lini kashf qildi

Buyuk Britaniyaning sobiq fan vaziri, tadqiqotchi, lord Pol Dreyson Freevolt texnologiyasini ilm ahliga taqdim etdi. Aytilishicha, uskuna radiochastotali to‘lqinlardan quvvat oladi, shu bois endilikda telefonlarni elektr tarmog‘idan quvvatlantirishga ehtiyoj qoldirmaydi.

Texnologiyaning mohiyati shundaki, u simsiz tarmoqlar - Wi-Fi, 2G, 3G, 4G va hattto raqamli televideniedan tortib oladi. Buning uchun ko‘plab antennalarga ega qabul qilgich qo‘llanadi.
“Hech qanday qo‘shimcha infrastruktura talab qilinmaydi, qo‘shimcha energiya uzatish talab qilinmaydi. U ayni paytda qo‘llanilmayotgan energiyani qayta ishlaydi”, - dedi ixtiro muallifi.

Dreysonning fikricha, bu texnologiya buyumlar interneti rivojlanishining dolzarb tomonlaridan biriga aylanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.