Apple Windows operasion tizimi logotipini masxara qildi


Apple’ning iCloud «bulutli» servisidagi «Taqvim» dasturida kompaniya Windows operasion tizimi logotipini deraza romi rasmi bilan almashtirib qo‘ydi. Bu haqda Tom’s Hardware nashriga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.
«Qandaydir sababga ko‘ra, Apple o‘zining azaliy raqibi ustidan kulmoqchi bo‘ldi. So‘nggi voqealar fonida esa bu kutilmagan holat bo‘ldi», — deb yozadi nashr.
Xabarda eslatilishicha, bir oy avval Apple Microsoft vakilini yangi iPad Pro taqdimotida nutq so‘zlashga taklif qilgan edi, yaqinda esa Tim Kuk Microsoft bilan hamkorlik bo‘yicha rejalari borligiga ishora qilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













