Apple'da ilk bor: iPhone X eksklyuziv ringtonga ega bo‘ldi

Apple'da ilk bor: iPhone X eksklyuziv ringtonga ega bo‘ldi
Braziliyalik bloger Gilerme Rembo Twitter\'da Apple kompaniyasining yangi iPhone X smartfonlari qo‘ng‘irog‘ining musiqasi bilan bo‘lishdi.

Rington \"Ko‘zgu\" (Reflection) nomini olgan bo‘lib, u kompaniyaning boshqa smartfonlarida bo‘lmaydi. Yangi maxsus rington gardishsiz modelning o‘ziga xosligini yana bir bor tasdiqlaydi.

U qanday jarang sochadi deysizmi? Eshitib ko‘ring.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu kompaniya smartfoni eksklyuziv rington olgan birinchi holat. Ta’kidlash joizki, iPhone 7, 8 kabi smartfonlar egalari ham o‘z xohishlariga ko‘ra ushbu musiqani internetdan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.