iPhone 7 smartfonida Intel mikrosxemalari qo‘llanishi mumkin

iPhone 7 smartfonida Intel mikrosxemalari qo‘llanishi mumkin
iPhone 7 smartfonida Intel mikrosxemalari qo‘llanishi mumkin

Intel kompaniyasi xodimlari yangi avlod iPhone smartfonlari uchun Qualcomm kompaniyasi LTE-modemining muqobili ustida ish olib bormoqdalar.

Intel yangi LTE Cat. 10’ni qo‘llab-quvvatlovchi yangi XMM 7360 chip-modemini ishlab chiqmoqda. Bu chip-modem ma’lumotlarni 450 Mbit/soniya tezlik bilan yuklab olishni ta’minlashga qodir. Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu chip-modem ustida Intel’ning minglab xodimlari ish olib bormoqda. Apple va Intel o‘rtasida bitim agar Intel chipning e’lon qilingan ko‘rsatkichlariga erisha olsagina tuziladi.

Manbaning xabar berishicha, Apple o‘zida A seriyasidagi prosessor va LTE-modemni saqlovchi “chipda tizim” (system-on-a-chip, SoC) yaratilishiga qiziqish bildirmoqda. Yangi avlod iPhone 6s smartfonida datchiklardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan M9 coprosessori A9 prosessoriga o‘rnatilgan. Shu tariqa, agar Apple kompaniyasi Intel’ning LTE-modemidan foydalana olsa, kelgusida Intel kompaniyasi Apple qurilmalari uchun prosessorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.